Albatta, «Robbimiz Alloh» degan, so`ngra mustaqiym bo`lganlarning ustilaridan farishtalar: «Qo`rqmanglar, mahzun ham bo`lmanglar, o`zingizga va'da qilingan jannat xushxabarini qabul qilinglar. Fussilat 41:30 ⧉
Tafsir:
"Parvardigorimiz Allohdir, biz uchun Undan oʻzga parvardigor yoʻqdir", deydigan zotlarning oʻlim onida farishtalar tushib ularga: "Oʻlimdan ham, undan keyin sodir boʻladigan ishlardan ham qoʻrqmanglar. Ortingizda qolib ketayotgan narsalardan tashvishlanmanglar, xafa boʻlmanglar. Shod, xurram boʻlaveringlarki, iymoningiz va solih amallaringiz uchun vada qilingan jannat sizlarni kutib turibdi".