Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Josiya — Oyat 35 (Oʻzbekcha) — Video

Josiya • Oyat 37 dan 35 • Oʻzbekcha


ذَٰلِكُمْ بِأَنَّكُمُ اتَّخَذْتُمْ آيَاتِ اللَّهِ هُزُوًا وَغَرَّتْكُمُ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا ۚ فَالْيَوْمَ لَا يُخْرَجُونَ مِنْهَا وَلَا هُمْ يُسْتَعْتَبُونَ 35
Tarjima:
Bunday bo`lishingiz, albatta, sizning Allohning oyatlarini masxara qilib olganingiz va sizni dunyo hayoti g`ururga ketkazgani uchundir», deyildi. Bas, bugungi kunda ular u(jahannam)dan chiqarilmaslar va ular itobga ham qaytarilmaslar. Josiya 45:35
Tafsir:
Bu azobga giriftor boʻlganingizga sabab shuki, sizlar Allohning oyatlarini masxara qildinglar ustidan kuldinglar. Sizlarni dunyo hayoti oʻz lazzatlari va shahvatlari bilan aldab qoʻydi. Mana endi bugun Allohning oyatlarini masxara qilgan kofirlar doʻzaxdan chiqarilmaydilar. U yerda abadiy qoladilar. Parvardigorlarini rozi qiladigan solih amal qilib olishlari uchun dunyo hayotiga ham qaytarilmaydilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Josiya • Oyat 34 Keyingi Josiya • Oyat 36