Ey, iymon keltirganlar, agar Allohga yordam bersangiz, sizga ham yordam berur va qadamlaringizni sobit qilur. Muhammad 47:7 ⧉
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirib, Uning shariatiga amal qiladigan zotlar, Allohni qoʻllasangizlar, U ham sizlarni qoʻllaydi va qadamlaringizni sobit aylaydi. Allohni qoʻllash U Zotning paygʻambarini va dinini qoʻllash hamda kofirlarga qarshi jang qilish bilan boʻladi. Allohning moʻminlarni qoʻllashi esa ularga gʻalaba ato etishi bilan boʻladi.