Osmonlaru yerning mulki Allohniki ekanligini, kimni xohlasa, azoblashini, kimni xohlasa, mag`firat qilishini va Alloh har bir narsaga qodir ekanini bilmasmiding?! Al-Ma'idah 5:40 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, osmonlaru yer Allohning mulki ekanini, ularni Oʻzi istaganicha tasarruf qilishini, U Zotning Oʻzi istagan bandasini azoblab, istagan bandasini Oʻz fazli ila kechirib yuborishini bilasiz-ku! Alloh har narsaga Qodirdir. U Zotning Qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq.