Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ma'idah — Oyat 41 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ma'idah • Oyat 120 dan 41 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الرَّسُولُ لَا يَحْزُنْكَ الَّذِينَ يُسَارِعُونَ فِي الْكُفْرِ مِنَ الَّذِينَ قَالُوا آمَنَّا بِأَفْوَاهِهِمْ وَلَمْ تُؤْمِنْ قُلُوبُهُمْ ۛ وَمِنَ الَّذِينَ هَادُوا ۛ سَمَّاعُونَ لِلْكَذِبِ سَمَّاعُونَ لِقَوْمٍ آخَرِينَ لَمْ يَأْتُوكَ ۖ يُحَرِّفُونَ الْكَلِمَ مِنْ بَعْدِ مَوَاضِعِهِ ۖ يَقُولُونَ إِنْ أُوتِيتُمْ هَٰذَا فَخُذُوهُ وَإِنْ لَمْ تُؤْتَوْهُ فَاحْذَرُوا ۚ وَمَنْ يُرِدِ اللَّهُ فِتْنَتَهُ فَلَنْ تَمْلِكَ لَهُ مِنَ اللَّهِ شَيْئًا ۚ أُولَٰئِكَ الَّذِينَ لَمْ يُرِدِ اللَّهُ أَنْ يُطَهِّرَ قُلُوبَهُمْ ۚ لَهُمْ فِي الدُّنْيَا خِزْيٌ ۖ وَلَهُمْ فِي الْآخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ 41
Tarjima:
Ey Payg`ambar! Og`izlari ila: «Iymon keltirdik» deb, qalblari iymon keltirmaganlar va yahudiy bo`lganlarning kufrga oshiqadiganlaridan xafa bo`lma. Ular yolg`onni ko`p eshiturlar, senga kelmagan qavmlardan ham eshiturlar. So`zlarni joylaridan o`zgartirurlar. Ular: «Agar sizga bu berilsa, olinglar, agar bu berilmasa, hazir bo`linglar», derlar. Alloh kimni fitnaga solishni iroda qilsa, unga Alloh tomonidan bo`ladigan biron narsani to`sa olmassan. Alloh ana o`shalarning qalblarini poklashni iroda qilmadi. Ularga bu dunyoda sharmandalik bor. Ularga oxiratda ulkan azob bor. Al-Ma'idah 5:41
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, ichi boshqa, tashi boshqa munofiqlar boʻladimi yoki kiborlarining yolgʻonlariga aldanib, oʻshalarning chizgan chizigʻidan chiqmaydigan yahudiylar boʻladimi, gʻashingizga tegish uchun atayin kufrona amallarini koʻz-koʻz qilishga oshiqsalar, xafa boʻlmang. Yahudiylarning kiborlari Tavrotdagi Allohning kalomini oʻz havoyi nafslariga moslashtirish uchun oʻzgartirib yuborganlar. Ular oʻz tobelariga: "Muhammadning hukmi oʻz xohishlaringizga muvofiq kelsa, unga ergashinglar, muvofiq kelmasa, ehtiyot boʻlinglar", deydilar. Ey Paygʻambar alayhissalom, Alloh kimni adashtirmoqchi boʻlsa, siz uni adashishdan toʻxtatib qoladigan va toʻgʻri yoʻlga soladigan biron kimsani topa olmassiz. Yuqoridagi tavsiflarga toʻgʻri keladigan yahudiy va munofiqlar shunday badbaxtlarki, Alloh ularning qalblarini kufrdan tozalashni istamadi. Ular uchun bu dunyoda sharmandalik, oxiratda esa ulugʻ azob bordir. U doʻzax azobidir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ma'idah • Oyat 40 Keyingi Al-Ma'idah • Oyat 42