Sizlarga nima bo`ldiki, Allohga iymon keltirmaysizlar? Holbuki, Payg`ambar sizlarni Robbilaringizga iymon keltirishga chaqirib turibdi. U zot sizlardan ahd olgan edi. Agar iymon keltiruvchi bo`lsalaringiz. Al-Hadid 57:8 ⧉
Tafsir:
Agar moʻmin boʻlish niyatingiz boʻlsa, Alloh sizlardan otangizning pushti kamaridan paydo boʻlgan paytingizdayoq iymon keltirishga ahdu paymon olgan boʻlsa, Paygʻambar esa Parvardigoringizga iymon keltirishingiz umidida sizlarni davat etayotgan boʻlsa, shunda ham sizlarni Allohga iymon keltirishdan nima qaytaryapti?