Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Hadid — Oyat 7 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Hadid • Oyat 29 dan 7 • Oʻzbekcha


آمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَأَنْفِقُوا مِمَّا جَعَلَكُمْ مُسْتَخْلَفِينَ فِيهِ ۖ فَالَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَأَنْفَقُوا لَهُمْ أَجْرٌ كَبِيرٌ 7
Tarjima:
Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiringlar hamda sizlarni xalifa qilib qo`ygan narsalardan ehson qilinglar. Bas, sizlardan iymon keltirgan va ehson qilganlarga ulkan ajr bordir. Al-Hadid 57:7
Tafsir:
Allohga va Uning elchisiga iymon keltiringlar. Alloh sizlarni xalifa qilgan, yani, vaqtincha sizlarning qoʻlingizga berib qoʻygan mol-davlatdan infoq-ehson qilinglar. Uni shariatga muvofiq tarzda ishlatinglar. Orangizdagi Allohga iymon keltirib, mol-davlatlarini Alloh yoʻlida sarflaydigan zotlar uchun buyuk savob bordir. U jannatdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Hadid • Oyat 6 Keyingi Al-Hadid • Oyat 8