Unday bo`lishi ular Allohga va Uning Rasuliga xilof qilganlari uchundir. Kimki Allohga xilof qilsa (unutmasinki), bas, albatta, Alloh azobi shiddatli Zotdir. Al-Hashr 59:4 ⧉
Tafsir:
Ularning boshiga kelgan musibat Alloh taologa va Uning Paygʻambariga kufr keltirib, bergan ahdlarini buzib, dushmanlik qilganlari tufayli sodir boʻldi. Kim Allohga dushmanlik qilsa, albatta, Allohning azobi qattiqdir. Ana shu qattiq azobdan ”nasiba”sini oladi.