Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Mumtahana — Oyat 3 (Oʻzbekcha) — Video

Mumtahana • Oyat 13 dan 3 • Oʻzbekcha


لَنْ تَنْفَعَكُمْ أَرْحَامُكُمْ وَلَا أَوْلَادُكُمْ ۚ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يَفْصِلُ بَيْنَكُمْ ۚ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ 3
Tarjima:
Qarindoshlaringiz va farzandlaringiz sizga hech manfaat bera olmaslar. Qiyomat kuni U zot oralaringizni bo`ladir. Alloh nima qilayotganingizni ko`rib turguvchidir. Mumtahana 60:3
Tafsir:
Qarindoshingiz yoki farzandingiz boʻlgani tufayli kofirlar bilan doʻst boʻlsangizlar, oʻsha qarindoshlaringiz ham, farzandlaringiz ham hargiz foyda bermaydi. Qiyomat kuni Alloh oralaringizni ajratib qoʻyadi. Jannatiylar jannatga, doʻzaxiylar doʻzaxga kiradi. Biri biriga asqotmaydi. Alloh qilayotgan ishlaringizni koʻrib turguvchi Zotdir. U Zotdan biron ishingiz maxfiy qolmas. Yaqinda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Mumtahana • Oyat 2 Keyingi Mumtahana • Oyat 4