Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Mumtahanah — Oyat 4 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Mumtahanah • Oyat 13 dan 4 • Oʻzbekcha


قَدْ كَانَتْ لَكُمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ فِي إِبْرَاهِيمَ وَالَّذِينَ مَعَهُ إِذْ قَالُوا لِقَوْمِهِمْ إِنَّا بُرَآءُ مِنْكُمْ وَمِمَّا تَعْبُدُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ كَفَرْنَا بِكُمْ وَبَدَا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةُ وَالْبَغْضَاءُ أَبَدًا حَتَّىٰ تُؤْمِنُوا بِاللَّهِ وَحْدَهُ إِلَّا قَوْلَ إِبْرَاهِيمَ لِأَبِيهِ لَأَسْتَغْفِرَنَّ لَكَ وَمَا أَمْلِكُ لَكَ مِنَ اللَّهِ مِنْ شَيْءٍ ۖ رَبَّنَا عَلَيْكَ تَوَكَّلْنَا وَإِلَيْكَ أَنَبْنَا وَإِلَيْكَ الْمَصِيرُ 4
Tarjima:
Haqiqatan, sizlarga Ibrohim va u bilan birga bo`lganlarda yaxshi o`rnak bor. Ular: «Biz sizdan va siz ibodat qilayotgan narsadan bezormiz, sizga kufr keltirdik, endi, toki yagona Allohga iymon keltirmagunlaringizcha, oramizda doimiy adovat va kuchli nafrat paydo bo`ldi», dedilar. Ammo, Ibrohimning otasiga qarata: «Albatta, sen uchun istig`for aytaman. Sendan Alloh(azobi)dan biror narsa qaytarishga molik emasman», degan so`zida (o`rnak yo`q). «Ey Robbimiz, faqat Senga tavakkal qildik, faqat Sengagina qaytdik va qaytib boradigan joy ham faqat Sengaginadir». Al-Mumtahanah 60:4
Tafsir:
Ey moʻminlar, Ibrohim alayhissalom va u bilan birga boʻlgan moʻminlarda sizlar uchun goʻzal namuna bor. Oʻshanda ular oʻzlarining kofir qavmiga shunday degandilar: "Darhaqiqat, biz sizlardan ham, sizlar Allohni qoʻyib ibodat qilayotgan butlaringizdan ham bezormiz. Biz sizlarning diningizni inkor etdik va biz bilan sizning oʻrtamizda adovat va nafrat zohir boʻldi. To yolgʻiz Allohgagina iymon keltirib, U Zotga hech narsani sherik qilmaguningizcha bu adovat va nafrat davom etaveradi". Sizlar ham kofir qavmingizdan bezor boʻlmogʻingiz lozim. Faqat Ibrohim alayhissalomning oʻz otasiga: "Albatta men sen uchun Allohdan magʻfirat soʻrayman", degan gapi bundan mustasno. Shu ishdan oʻrnak olmanglar. Chunki Ibrohim alayhissalom bu gapni aytayotgan paytida otasining iymonga kelishidan hali umidi soʻnmagan edi. Xullas, moʻmin odamning mushrik uchun magʻfirat soʻrashi durust emas. Oʻshanda Ibrohim alayhissalom: "Allohning azobidan biron qismini ham sendan daf qila olmayman", degan gapni ham qoʻshib aytgandi. "Parvardigoro, hamma ishlarimizda yolgʻiz Oʻzingga tayandik va tavba qilib Oʻzingga qaytdik. Qiyomat kuni qaytib borar joy ham yolgʻiz Oʻzinggadir".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Mumtahanah • Oyat 3 Keyingi Al-Mumtahanah • Oyat 5