Ular: «Agar Madinaga qaytib borsak, albatta, aziz xorni undan chiqarur», derlar. Holbuki, azizlik Allohga, Uning Rasuliga va mo`minlariga xosdir. Ammo munofiqlar bilmaslar. Al-Munafiqun 63:8 ⧉
Tafsir:
Ularning boshligʻi Abdulloh ibn Ubay aytadi: "Agar Madinaga qaytsak, aziz xorni undan albatta chiqarib yuboradi". Bu gapi bilan oʻzi va qavmini aziz, Muhammad alayhissalom va sahobalarni esa xor demoqchi boʻladi. Lekin azizlik Abdulloh ibn Ubayniki emas, Allohniki, paygʻambariniki va moʻminlarnikidir. Lekin munofiqlar buni bilmaydilar.