Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Taloq — Oyat 3 (Oʻzbekcha) — Video

Taloq • Oyat 12 dan 3 • Oʻzbekcha


وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ ۚ وَمَنْ يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُ ۚ إِنَّ اللَّهَ بَالِغُ أَمْرِهِ ۚ قَدْ جَعَلَ اللَّهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْرًا 3
Tarjima:
Va unga o`zi o`ylamagan tarafdan rizq berur. Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U zotning O`zi kifoyadir. Albatta, Alloh O`z ishini yetkazuvchidir. Haqiqatan, Alloh har bir narsaga o`lchov qilib qo`ygandir. Taloq 65:3
Tafsir:
Va uni xayoliga ham kelmagan tarafdan rizqlantiradi. Kim oʻzining ishlarida Allohga tayansa, Allohning Oʻzi unga kifoya qiladi. Alloh Oʻzi istagan ishni bajara oladigan Zotdir. Uning Qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻq. Biron narsani oʻtkazib yubormaydi. Alloh har bir narsaga bir miqdor tayin qilib qoʻygan. Qiyinchilikning ham bir miqdori bor, osonlikning ham. Ulardan biri ketib, biri kelib turadi. Bittasi tinimsiz davom etavermaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Taloq • Oyat 2 Keyingi Taloq • Oyat 4