Ayollaringizdan hayzdan noumid bo`lganlarining iddasi, agar shubhangiz bo`lsa, uch oydir. Hayz ko`rmaganlariniki ham. Homiladorlarning iddasi homilalarini qo`ymoqlikdir. Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning ishida osonlik qilib beradir. Taloq 65:4 ⧉
Tafsir:
Yoshi katta hayzdan qolgan ayollarning iddasi haqida shubhalanayotgan boʻlsangizlar, bilinglarki, ularning iddasi uch oydir. Hali hayz koʻrish yoshiga yetmagan ayollarning ham iddasi ham uch oydir. Homilador ayollarni erlari taloq qilgan boʻlsa ham, vafot etgan boʻlsa ham, ularning iddasi koʻzlari yorigunchadir. Kim Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilsa, Alloh unga yengillik berib, ishlarini osonlashtirib qoʻyadi.