Bular Allohning sizga tushirgan amridir. Kim Allohga taqvo qilsa, uning gunohlarini kechirur va ajrini ko`paytirib berur. At-Talaq 65:5 ⧉
Tafsir:
Ey moʻminlar, mana shu taloq, raja va idda hukmlari Allohning sizlarga nozil qilgan hukmlaridir. Kim Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilsa, uning yomonliklarini oʻchirib, oxiratda ajrini ulugʻ qilib beradi. Bu ajr jannat va undagi bitmas-tuganmas nematlardir.