Landscape MP4 Vertical MP4

Sura At-Talaq — Oyat 6 (Oʻzbekcha) — Video

At-Talaq • Oyat 12 dan 6 • Oʻzbekcha


أَسْكِنُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ سَكَنْتُمْ مِنْ وُجْدِكُمْ وَلَا تُضَارُّوهُنَّ لِتُضَيِّقُوا عَلَيْهِنَّ ۚ وَإِنْ كُنَّ أُولَاتِ حَمْلٍ فَأَنْفِقُوا عَلَيْهِنَّ حَتَّىٰ يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ ۚ فَإِنْ أَرْضَعْنَ لَكُمْ فَآتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ ۖ وَأْتَمِرُوا بَيْنَكُمْ بِمَعْرُوفٍ ۖ وَإِنْ تَعَاسَرْتُمْ فَسَتُرْضِعُ لَهُ أُخْرَىٰ 6
Tarjima:
U(ayol)larga, imkoningiz boricha, o`zingiz yashab turgan joydan joy bering. Ularga siqishtirish maqsadida zarar yetkazmang. Agar homilador bo`lsalar, to homilalarini qo`ygunlaricha ularga nafaqa beringlar. Agar sizga (farzandni) emizib bersalar, haqlarini beringlar, o`zaro yaxshilik bilan maslahat qilinglar. Agar qiyinchilikka uchrasangiz, u(er)ga boshqa ayol emizib berur. At-Talaq 65:6
Tafsir:
Ey erlar, taloq qilgan ayollaringizga qoʻlingizdan kelgancha oʻzlaringiz yashayotgan uydan joy beringlar. Alloh ustingizga imkoningizdan ortigʻini yuklamaydi. Ularga tazyiq oʻtkazish uchun ularni uy-joydan ham, taminotdan ham, boshqa narsadan ham siqmanglar. Agar homilador boʻlsalar, to homilalarini qoʻygunlaricha ularni taminlab turinglar! Sizlar uchun bolalaringizni emizsalar, emizganiga yarasha haqlarini beringlar! Beriladigan haq xususida oʻzaro yaxshilik bilan kelishib olinglar! Xotin soʻrayotgan haqni berishga er baxillik qilsa, ayni paytda xotin ham erning berganiga koʻnmasa, ota oʻzining bolasiga boshqa bir emizuvchi topsin.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi At-Talaq • Oyat 5 Keyingi At-Talaq • Oyat 7