Musoning qavmi undan keyin taqinchoqlaridan (bo`lgan), bo`kiradigan buzoq jasadini (xudo) tutdilar. Uning ularga gapirmasligini va ularni hidoyat qilmasligini bilmadilarmi?! Uni (xudo) tutdilar va zulm qiluvchilardan bo`ldilar. Al-A'raf 7:148 ⧉
Tafsir:
Muso Parvardigoriga munojot qilgani ketganidan keyin qavmi taqinchoqlaridan bir ovoz chiqaradigan buzoq yasab, oʻshanga ibodat qila boshladilar. Bu buzoq ular bilan gaplasholmasligini, ularni hissiy yoki manaviy bir yoʻlga boshlayolmasligini, ularga foyda ham, zarar ham keltirolmasligini bilmasmidilar? Uni mabud qilib olib, oʻzlariga oʻzlari jabr qildilar.