Ey Odam, sen jufting bilan jannatni maskan tut. Ikkovingiz xohlagan joyingizdan yeng. Ammo mana bu daraxtga yaqinlashmanglar. Uning sababidan zolimlardan bo`lib qolmanglar. A'rof 7:19 ⧉
Tafsir:
Alloh Odamga dedi: "Ey Odam, sen va ayoling Havo jannatda yashayveringlar. Undagi pok nematlardan istaganingizcha tanovul qilaveringlar. Faqat mana bu daraxtdan yemanglar. (Alloh bir daraxtni tayin qildi) Men taqiqlaganimdan keyin ham undan yesangizlar, Allohning hadlaridan oshgan hisoblanasizlar".