Bas, shayton ikkovlarining berkitilgan avratlarini ochish uchun ularni vasvasa qildi va: «Robbingiz sizni ushbu daraxtdan faqat ikkovingiz farishta bo`lmasligingiz yoki abadiy qolmasligingiz uchungina man qildi», – dedi. A'rof 7:20 ⧉
Tafsir:
Shayton ularning berkitilgan avratlarini ochib yuborish uchun vasvasa qilib, shunday dedi: "Alloh sizlarning farishtalarga aylanib, jannatda abadiy qolib ketishingizni istamagani uchun sizlarga bu daraxtdan tanovul qilishni man qildi".