Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-A'raf — Oyat 199 (Oʻzbekcha) — Video

Al-A'raf • Oyat 206 dan 199 • Oʻzbekcha


خُذِ الْعَفْوَ وَأْمُرْ بِالْعُرْفِ وَأَعْرِضْ عَنِ الْجَاهِلِينَ 199
Tarjima:
Kechirimli bo`l, yaxshilikka buyur va johillardan yuz o`gir. Al-A'raf 7:199
Tafsir:
Ey Paygʻambar, odamlarning uzrlarini qabul qiling. Axloqlari va amallaridagi yengil xatolarni kechirib yuboring. Tabiatlariga toʻgʻri kelmaydigan ishlarga ularni majburlamang. Aks holda, ular dindan bezib qoladilar. Shirinsuxanlik bilan, goʻzal xulq bilan yoʻlga boshlang. Johillardan esa yuz oʻgiring. Johillarga qarshi siz ham johillik qilmang. Sizga ozor bersalar, siz ularga ozor bermang. Sizga marhamat koʻrsatmasalar ham siz marhamat koʻrsatavering.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-A'raf • Oyat 198 Keyingi Al-A'raf • Oyat 200