Xuddi o`zlari ko`rib turgan hollarida o`limga haydalayotgandek, haq ayon bo`lgandan keyin ham sen bilan bahslashadilar. Anfol 8:6 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, moʻminlarning bu toifasi hamma ish ayon boʻlganidan keyin ham mushriklar bilan jang qilish haqida bahslashadilar. Xuddi ular oʻlimga haydab ketilayotgandek va bu ishni oʻz koʻzlari bilan koʻrib turgandek. Bunga sabab ular jang uchun chiqishni yoqtirmagandilar. Chunki ular bu ishga tayyor emas edilar.