Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Anfal — Oyat 7 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Anfal • Oyat 75 dan 7 • Oʻzbekcha


وَإِذْ يَعِدُكُمُ اللَّهُ إِحْدَى الطَّائِفَتَيْنِ أَنَّهَا لَكُمْ وَتَوَدُّونَ أَنَّ غَيْرَ ذَاتِ الشَّوْكَةِ تَكُونُ لَكُمْ وَيُرِيدُ اللَّهُ أَنْ يُحِقَّ الْحَقَّ بِكَلِمَاتِهِ وَيَقْطَعَ دَابِرَ الْكَافِرِينَ 7
Tarjima:
O`shanda Alloh sizga ikki toifadan biri albatta sizniki bo`lishini va'da qilgan edi. Sizlar shavkati yo`g`i sizlarniki bo`lishini suyar edingiz. Alloh esa, O`z kalimalari ila haqni haq qilishni va kofirlarning dumini qirqishni iroda qilgan edi. Al-Anfal 8:7
Tafsir:
Ey tortishayotgan moʻminlar, eslangiz! Alloh sizlarga ikki toifadan birini, yani, yo mol-dunyo ortib ketayotgan karvonni oʻlja qilib olishni yoki kelayotgan dushman bilan jang qilib, ularni tor-mor etishni vada qilgandi. Shunda sizlar jangsiz, oson, yengil boʻlgani uchun karvonni bosib olishni tanlagan edingiz. Alloh esa sizlarni jang qilishga buyurib, haqni qaror toptirishni istadi. Toki, mushriklar bilan jang qilib, ulardan koʻpini asir olinglar va shu bilan Islom quvvati namoyon boʻlsin.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Anfal • Oyat 6 Keyingi Al-Anfal • Oyat 8