Albatta faqat Allohga va oxirat kuniga ishonmaydiganlar va qalblari shubhaga to`lganlargina sendan izn so`rarlar. Bas, ular shubhalarida ikkilanaveradilar. At-Tawbah 9:45 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizdan jihoddan qolish uchun izn soʻraydiganlar Allohga ham, Qiyomat kuniga ham iymon keltirmaydigan munofiqlardir. Ular Allohning dini haqida shubhalanadilar va mana shu shubhalarida haqni topa olmay, ikkilanib yuraveradilar.