«Allohga iymon keltiringlar va Uning Rasuli bilan jiddu jahd qilinglar», – deb sura nozil qilingan paytda ulardan boy-zodagonlari: «Bizni tek qo`y, o`tiruvchilar bilan birga bo`laylik», – deb izn so`raydilar. At-Tawbah 9:86 ⧉
Tafsir:
Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomga Allohga iymon keltirish va Uning Paygʻambari bilan birga jihod qilish manosidagi biron sura nozil qilinsa, ulardan boy-badavlatlari sizdan izn soʻrab: «Bizni tek qoʻy, anavi zaiflar va nogironlar kabi uzrlilar bilan birga qolaveraylik», deydilar.