Ularning mol-dunyolari va bola-chaqalari seni ajablantirmasin. Aslida, Alloh o`sha narsalar sababli ularni dunyoda azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi, xolos. At-Tawbah 9:85 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizni anavi munofiqlarning molu dunyolari va bola-chaqalari qiziqtirmasin! Alloh ularni oʻsha narsalar sababli bu dunyoda azob-uqubatga solishni, yani, oʻsha narsalarga erishish yoʻlidagi mashaqqatlarga, musibatlarga duchor qilishni va kofir hollarida jonlari chiqishini istaydi, xolos.