Zaifhollarga, bemorlarga va sarf-xarajat qiladigan narsa topa olmayotganlarga, Allohga va Rasuliga ixlosli bo`lsalar, nasihat qilsalar, gunoh yo`q. Chiroyli amal qiluvchilarni ayblashga yo`l yo`q. Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir. Tavba 9:91 ⧉
Tafsir:
Ayollar, bolalar, betoblar, nogironlar, koʻrlar va jangga tayyorgarlik qilishga hech vaqosi yoʻq kambagʻallar Alloh va Paygʻambariga xolis boʻlsalar, shariatga amal qilsalar, jihodga chiqmaganlari uchun ularga hech qanday gunoh boʻlmaydi. Shunday uzrli muhsinlarni ayblashga, jazolashga hech qanday asos yoʻq. Alloh muhsinlarning gunohini afv etuvchi, ularga Mehribon Zotdir.