Sura Yunus (يونس) (Oyat 83)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




10 Yunus(يونس), Oyat 83

فَمَا آمَنَ لِمُوسَىٰ إِلَّا ذُرِّيَّةٌ مِنْ قَوْمِهِ عَلَىٰ خَوْفٍ مِنْ فِرْعَوْنَ وَمَلَئِهِمْ أَنْ يَفْتِنَهُمْ ۚ وَإِنَّ فِرْعَوْنَ لَعَالٍ فِي الْأَرْضِ وَإِنَّهُ لَمِنَ الْمُسْرِفِينَ 83 ٨٣

Musoga o`z qavmidan ba'zi zurriyotlargina Fir'avn va amaldor-zodagonlarining fitna qilmoqlaridan qo`rqqan hollarida iymon keltirdilar, xolos. Albatta, Fir'avn yer yuzida baland ketgan edi. Albatta, u isrofchilardan edi. (83)

Tafsir
Sir ochilib qolsa, Firavn va uning ayoni dindan qaytarish uchun azob-uqubatga giriftor qilishidan qoʻrqib, Muso olib kelgan yorqin oyat-alomatlar va ochiq hujjatlarga Bani Isroildan ayrim yoshlargina iymon keltirdi. Firavn Misr va uning aholisiga oʻta mutakabbir hukmdor edi. U kufr bobida, Bani Isroilni oʻldirish va azoblash bobida haddidan oshdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin