Sura Hud (هود) (Oyat 48)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




11 Hud(هود), Oyat 48

قِيلَ يَا نُوحُ اهْبِطْ بِسَلَامٍ مِنَّا وَبَرَكَاتٍ عَلَيْكَ وَعَلَىٰ أُمَمٍ مِمَّنْ مَعَكَ ۚ وَأُمَمٌ سَنُمَتِّعُهُمْ ثُمَّ يَمَسُّهُمْ مِنَّا عَذَابٌ أَلِيمٌ 48 ٤٨

«Ey Nuh, Bizdan Senga va sen bilan birga bo`lgan ummatlarga bo`lgan tinchlik va barakotlar ila (kemadan) tushgin. Yana bir ummatlar bo`lur, ularni bir oz huzurlantirurmiz, so`ngra ularni Bizdan bo`lgan alamli azob tutar», deyildi. (48)

Tafsir
Alloh Nuh alayhissalomga dedi: "Ey Nuh, Biz tarafimizdan boʻlgan bir tinchlik-omonlik hamda senga va sen bilan birga kelgan ummatlarning zurriyoti ustiga yogʻilajak barakalar, noz-nematlar ila kemadan yerga tush. Keyin oʻsha ummatlarning zurriyotlaridan kofirlari ham boʻladi. Biz ularga shu dunyodan biroz foydalanib olish imkonini berurmiz. Oxiratda esa ularni Biz tarafimizdan bir alamli azob tutgay".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin