Sura Ibrohim (إبراهيم), Oyat 35 dan Oyat 41

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




14 Ibrohim(إبراهيم), Oyat 35 dan Oyat 41

وَإِذْ قَالَ إِبْرَاهِيمُ رَبِّ اجْعَلْ هَٰذَا الْبَلَدَ آمِنًا وَاجْنُبْنِي وَبَنِيَّ أَنْ نَعْبُدَ الْأَصْنَامَ 35 ٣٥ i

Esla, Ibrohim shunday demishdi: «Ey Robbim, bu yurtni omonlik yurti qilgin, meni va bolalarimni sanamlarga ibodat qilishimizdan chetda qilgin. (35)

رَبِّ إِنَّهُنَّ أَضْلَلْنَ كَثِيرًا مِنَ النَّاسِ ۖ فَمَنْ تَبِعَنِي فَإِنَّهُ مِنِّي ۖ وَمَنْ عَصَانِي فَإِنَّكَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 36 ٣٦ i

Ey Robbim, albatta, u(sanam)lar odamlardan ko`pini adashtirdilar. Bas, kim menga ergashsa, u mendandir. Kim menga osiy bo`lsa, albatta, O`zing mag`firat qilguvchi va rahimlisan. (36)

رَبَّنَا إِنِّي أَسْكَنْتُ مِنْ ذُرِّيَّتِي بِوَادٍ غَيْرِ ذِي زَرْعٍ عِنْدَ بَيْتِكَ الْمُحَرَّمِ رَبَّنَا لِيُقِيمُوا الصَّلَاةَ فَاجْعَلْ أَفْئِدَةً مِنَ النَّاسِ تَهْوِي إِلَيْهِمْ وَارْزُقْهُمْ مِنَ الثَّمَرَاتِ لَعَلَّهُمْ يَشْكُرُونَ 37 ٣٧ i

Ey Robbimiz, haqiqatda men o`z zurriyotimdan Sening Baytul Haroming yoniga, giyohsiz vodiyga joylashtirdim. Ey Robbimiz, namozni to`kis ado etishlari uchun. Bas, O`zing odamlardan ba'zilarining qalblarini ularga talpinadigan qilgin va ularni mevalardan rizqlantirgin. Shoyad, shukr qilsalar. (37)

رَبَّنَا إِنَّكَ تَعْلَمُ مَا نُخْفِي وَمَا نُعْلِنُ ۗ وَمَا يَخْفَىٰ عَلَى اللَّهِ مِنْ شَيْءٍ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاءِ 38 ٣٨ i

Ey Robbimiz, albatta, Sening O`zing maxfiy tutgan narsamizni ham, oshkor qilgan narsamizni ham yaxshi bilursan. Alloh uchun na yerdayu na osmonda biror narsa maxfiy qolmas. (38)

الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي وَهَبَ لِي عَلَى الْكِبَرِ إِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَاقَ ۚ إِنَّ رَبِّي لَسَمِيعُ الدُّعَاءِ 39 ٣٩ i

Keksalik paytimda menga Ismoil va Is'hoqni ato qilgan Allohga hamd bo`lsin. Albatta, Robbim duoni eshitguvchidir. (39)

رَبِّ اجْعَلْنِي مُقِيمَ الصَّلَاةِ وَمِنْ ذُرِّيَّتِي ۚ رَبَّنَا وَتَقَبَّلْ دُعَاءِ 40 ٤٠ i

Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to`kis ado etadiganlardan qilgin. Ey Robbimiz, duoni qabul etgin. (40)

رَبَّنَا اغْفِرْ لِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِلْمُؤْمِنِينَ يَوْمَ يَقُومُ الْحِسَابُ 41 ٤١ i

Ey Robbimiz, meni, ota-onamni va mo`minlarni hisob qilinadigan kuni mag`firat aylagin». (41)

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin