Sura Hijr (الحجر) (Oyat 85)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




15 Hijr(الحجر), Oyat 85

وَمَا خَلَقْنَا السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا إِلَّا بِالْحَقِّ ۗ وَإِنَّ السَّاعَةَ لَآتِيَةٌ ۖ فَاصْفَحِ الصَّفْحَ الْجَمِيلَ 85 ٨٥

Biz osmonlaru yerni va ulardagi narsalarni haq ila yaratdik. Albatta, qiyomat kelguvchidir. Bas, sen go`zal shaklda yuz o`gir. (85)

Tafsir
Biz osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni hech bir hikmatsiz, bekorga, shunchaki yaratmadik. Ularning hammasini haq bilan yaratdik. Qiyomat kelishiga shak-shubha yoʻq. Shunday ekan, ey Paygʻambar, sizni yolgʻonchiga chiqarayotganlardan chiroyli tarzda yuz oʻgiring, ularni yaxshilik bilan kechirib qoʻyavering.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin