Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 43)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 43

وَمَا أَرْسَلْنَا مِنْ قَبْلِكَ إِلَّا رِجَالًا نُوحِي إِلَيْهِمْ ۚ فَاسْأَلُوا أَهْلَ الذِّكْرِ إِنْ كُنْتُمْ لَا تَعْلَمُونَ 43 ٤٣

Biz sendan oldin ham faqat er kishilarni yuborib, ularga vahiy qilganmiz. Agar bilmaydigan bo`lsangiz, zikr ahllaridan so`ranglar. (43)

Tafsir
Ey Paygʻambar, sizdan oldin ham farishtalarni (yoki ayollarni) emas, faqat erkaklarni paygʻambar qilib yuborganmiz va ularga vahiy qilganmiz. Bizning umumiy qonuniyatimiz mana shu. Buni inkor qiladigan boʻlsangizlar, oldingi oʻtgan ahli kitoblardan soʻranglar. Oʻshalar sizlarga paygʻambarlar farishta emas, odam boʻlganini aytib beradilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin