Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 76)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 76

وَضَرَبَ اللَّهُ مَثَلًا رَجُلَيْنِ أَحَدُهُمَا أَبْكَمُ لَا يَقْدِرُ عَلَىٰ شَيْءٍ وَهُوَ كَلٌّ عَلَىٰ مَوْلَاهُ أَيْنَمَا يُوَجِّهْهُ لَا يَأْتِ بِخَيْرٍ ۖ هَلْ يَسْتَوِي هُوَ وَمَنْ يَأْمُرُ بِالْعَدْلِ ۙ وَهُوَ عَلَىٰ صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ 76 ٧٦

Alloh ikki kishini zarbulmasal keltirdi. Birlari soqov, hech narsaga qodir bo`lmas. U o`z xojasiga yukdir. Qayerga yuborsa ham, yaxshilik keltirmas. O`sha odam bilan o`zi to`g`ri yo`lda turib, boshqalarni adolatga amr qiladigan kishi barobar bo`lurmi? (76)

Tafsir
Alloh ularga raddiya bildirib, ikki kishini misol qilib keltirdi. Ulardan biri eshitmaydigan, gapirmaydigan, tushunmaydigan bir gung-soqov. Hech ish qoʻlidan kelmaydi. Hech kimga nafi tegmaydi. Egasiga bir yuk, xolos. Egasi uni qayerga yubormasin, biron yaxshilik bilan qaytmaydi. Buyurgan ishini bajarolmaydi. Endi mana shu odam bilan eshitishi ham, gapirishi ham soppa-sogʻ boʻlgan, foyda keltira oladigan, odamlarni adolatga buyuradigan, oʻzi toʻgʻri yoʻlini topib olgan kishi barobarmi? Ey mushriklar, qanday qilib ulugʻligu kamol sifatlariga ega boʻlgan Allohni eshitmaydigan, gapirmaydigan, foyda ham, zarar ham keltira olmaydigan butlaringizga tenglashtirasizlar?!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin