Sura Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 86)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 Nahl(النحل), Oyat 86

وَإِذَا رَأَى الَّذِينَ أَشْرَكُوا شُرَكَاءَهُمْ قَالُوا رَبَّنَا هَٰؤُلَاءِ شُرَكَاؤُنَا الَّذِينَ كُنَّا نَدْعُو مِنْ دُونِكَ ۖ فَأَلْقَوْا إِلَيْهِمُ الْقَوْلَ إِنَّكُمْ لَكَاذِبُونَ 86 ٨٦

Va shirk keltirganlar o`zlarining «sherik»larini ko`rgan chog`larida: «Ey Robbimiz, anavilar bizning Sendan o`zga ibodat qilgan «sherik»larimiz», derlar. Bas, u(sherik)lar bularga: «Albatta, sizlar yolg`onchidirsizlar», deb so`z tashlarlar. (86)

Tafsir
Oxiratda mushriklar oʻzlarining butlarini koʻrib: "Parvardigoro, anavilar butlarimiz edi, Seni qoʻyib, oʻshalarga ibodat qilardik", deydilar. Shu bilan oʻzlarining gunohlarini ularning boʻyniga yuklamoqchi boʻladilar. Shunda Alloh oʻsha butlarga til ato etadi va ular: "Ey mushriklar, sizlar yolgʻonchilarsiz, Allohning hech qanday sherigi yoʻq", deya raddiya bildiradilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin