Sura An-Nahl (Asalarilar — النحل) (Oyat 96)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




16 An-Nahl(النحل), Oyat 96

مَا عِنْدَكُمْ يَنْفَدُ ۖ وَمَا عِنْدَ اللَّهِ بَاقٍ ۗ وَلَنَجْزِيَنَّ الَّذِينَ صَبَرُوا أَجْرَهُمْ بِأَحْسَنِ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ 96 ٩٦

Sizning huzuringizdagi narsa tugaydir. Allohning huzuridagi narsa esa, boqiydir. Albatta, Biz sabr etganlarni qilib yurgan amallarining eng go`zaliga beriladigan ajr ila mukofotlarmiz. (96)

Tafsir
Ey odamlar, sizlardagi mol-davlat, lazzat va nematlar har qancha koʻp boʻlmasin, yaqinda tugaydi, tamom boʻladi. Allohning huzuridagi mukofot esa boqiydir, tuganmasdir. Qanday qilib, boqiydan foniyni afzal koʻrasizlar? Ahdlariga vafo qilish yoʻlida sabr qilgan zotlarni qilgan toat-ibodatlarining eng yaxshisi bilan mukofotlaymiz. Ularning yaxshiliklarini oʻn barobardan yetti yuz barobargacha, undan ham koʻp qilib qaytaramiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin