Sura Al-Isra (Isro — الإسراء) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Al-Isra(الإسراء), Oyat 12

وَجَعَلْنَا اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ آيَتَيْنِ ۖ فَمَحَوْنَا آيَةَ اللَّيْلِ وَجَعَلْنَا آيَةَ النَّهَارِ مُبْصِرَةً لِتَبْتَغُوا فَضْلًا مِنْ رَبِّكُمْ وَلِتَعْلَمُوا عَدَدَ السِّنِينَ وَالْحِسَابَ ۚ وَكُلَّ شَيْءٍ فَصَّلْنَاهُ تَفْصِيلًا 12 ١٢

Kecha va kunduzni ikki belgi — alomat qildik. Kecha alomatini mahv etdik. Robbingizdan fazl talab qilishingiz va yillar adadini hamda hisobini bilishingiz uchun kunduz alomatini ko`rsatuvchi qildik. Va har bir narsani batafsil bayon qilganmiz. (12)

Tafsir
Kecha va kunduzni Allohning yagonaligi va qudratini koʻrsatib turadigan ikki belgi qildik. Bu ikki belgi uzun-qisqaligi, issiq-sovuqligi bilan ajralib turadi. Kechani uxlash va dam olish uchun qorongʻu ayladik. Kunduzni esa odamlar tirikchilik ishlari bilan mashgʻul boʻlishlari uchun yorugʻ qildik. Toki, yillar, oylar, soatlar sanogʻini va hisobni biling. Har bir narsani batafsil bayon qilganmiz. Haq bilan botil yaqqol ajralib turibdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin