Sura Al-Isra (Isro — الإسراء) (Oyat 59)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




17 Al-Isra(الإسراء), Oyat 59

وَمَا مَنَعَنَا أَنْ نُرْسِلَ بِالْآيَاتِ إِلَّا أَنْ كَذَّبَ بِهَا الْأَوَّلُونَ ۚ وَآتَيْنَا ثَمُودَ النَّاقَةَ مُبْصِرَةً فَظَلَمُوا بِهَا ۚ وَمَا نُرْسِلُ بِالْآيَاتِ إِلَّا تَخْوِيفًا 59 ٥٩

Bizni oyat-mo`'jizalarni yuborishimizdan faqat avvalgilarning ularni yolg`onga chiqarganlari man qildi. Samudga tuyani ko`z ochuvchi (mo`'jiza) qilib berdik. Bas, uning sababidan (o`zlariga) zulm qildilar. Biz oyat-mo`'jizalarni faqat qo`rqitish uchungina yuboramiz. (59)

Tafsir
Mushriklar talab qilgan, Muhammad alayhissalomning rost paygʻambar ekaniga dalolat qiladigan oʻliklarni tiriltirish kabi hissiy moʻjizalarni nozil qilishdan Bizni faqat bir sabab toʻsadi, xolos. U ham boʻlsa, Biz oldingi ummatlarga shunday moʻjizalarni yuborganmiz. Ular esa Biz yuborgan moʻjizalarni tan olmaganlar, yolgʻonga chiqarganlar. Masalan, Samud qavmiga tuyani juda katta va ochiq-oydin moʻjiza qilib berdik. Ular esa kufr keltirdilar. Natijada biz ularga azobni tezlatdik. Biz paygʻambarlar orqali moʻjizalarni ummatlarni yomon oqibatdan ogohlantirib qoʻyish uchungina yuboramiz. Shoyadki, musulmon boʻlsalar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin