Sura Al-Kahf (G‘or — الكهف) (Oyat 26)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




18 Al-Kahf(الكهف), Oyat 26

قُلِ اللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا لَبِثُوا ۖ لَهُ غَيْبُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۖ أَبْصِرْ بِهِ وَأَسْمِعْ ۚ مَا لَهُمْ مِنْ دُونِهِ مِنْ وَلِيٍّ وَلَا يُشْرِكُ فِي حُكْمِهِ أَحَدًا 26 ٢٦

«Ularning qancha qolganlarini Alloh yaxshi bilguvchidir. Osmonlaru yerning g`aybi Unga xosdir. U naqadar yaxshi ko`rguvchi va yaxshi eshitguvchi Zotdir. Ularga Undan o`zga do`st yo`qdir. Va U O`z hukmida hech kimni sherik qilmas», degin. (26)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ayting: "Ular gʻorda qancha turganlarini Alloh bilguvchiroq. Bu haqda bizga xabar bergan. U Zot aytganidan keyin boshqaning gapi bekor. Osmonlarda boʻlsin, yerda boʻlsin, qanday maxfiy, yashirin narsalar boʻlsa, hammasini U Zot yaratgan, hammasini U Zot biladi. Koʻrish bobida ham, eshitish bobida ham yagonadir. Hamma narsani koʻradi, hamma narsani eshitadi. Ular uchun Allohdan oʻzga doʻst yoʻqdir. Alloh Oʻz hukmida hech kimni oʻziga sherik qilmas. Hukm bobida U yagonadir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin