Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 102)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 102

وَاتَّبَعُوا مَا تَتْلُو الشَّيَاطِينُ عَلَىٰ مُلْكِ سُلَيْمَانَ ۖ وَمَا كَفَرَ سُلَيْمَانُ وَلَٰكِنَّ الشَّيَاطِينَ كَفَرُوا يُعَلِّمُونَ النَّاسَ السِّحْرَ وَمَا أُنْزِلَ عَلَى الْمَلَكَيْنِ بِبَابِلَ هَارُوتَ وَمَارُوتَ ۚ وَمَا يُعَلِّمَانِ مِنْ أَحَدٍ حَتَّىٰ يَقُولَا إِنَّمَا نَحْنُ فِتْنَةٌ فَلَا تَكْفُرْ ۖ فَيَتَعَلَّمُونَ مِنْهُمَا مَا يُفَرِّقُونَ بِهِ بَيْنَ الْمَرْءِ وَزَوْجِهِ ۚ وَمَا هُمْ بِضَارِّينَ بِهِ مِنْ أَحَدٍ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ ۚ وَيَتَعَلَّمُونَ مَا يَضُرُّهُمْ وَلَا يَنْفَعُهُمْ ۚ وَلَقَدْ عَلِمُوا لَمَنِ اشْتَرَاهُ مَا لَهُ فِي الْآخِرَةِ مِنْ خَلَاقٍ ۚ وَلَبِئْسَ مَا شَرَوْا بِهِ أَنْفُسَهُمْ ۚ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ 102 ١٠٢

Va Sulaymon podsholigida shaytonlar tilovat qilgan narsaga ergashdilar. Sulaymon kufr keltirgani yo`q. Lekin shaytonlar odamlarga sehrni o`rgatib, kofir bo`ldilar. Va Bobilda Horut va Morut nomli ikki farishtaga tushgan narsaga ergashdilar. Ikkovlari hatto: «Biz fitna — sinov uchunmiz, kofir bo`lmagin», demasdan oldin hech kimga o`rgatmasdilar. Bas, ikkovlaridan er-xotinning o`rtasini buzadigan narsani o`rganishar edi. Va ular u ila Allohning iznisiz biror kishiga zarar yetkazuvchi emasdilar. Va ular zarar keltiradigan, foyda keltirmaydigan narsani o`rganurlar. Va batahqiq, biladilarki, uni sotib olgan kishiga oxiratda nasiba yo`q. Agar bilsalar, o`zlarini sotgan narsa qandoq ham yomon! (102)

Tafsir
Allohning dinini tark qilganlaridan keyin uning oʻrniga Allohning paygʻambari Sulaymon davridagi shaytonlar toʻqib chiqargan xurofotga ergasha boshladilar. Sulaymonning podshohligi sehr bilan mustahkam boʻlgan, deb oʻyladilar. Aslida esa yahudlar oʻylaganidek, Sulaymon sehr bilan shugʻullanib, kufr keltirmagandi. Balki shaytonlar odamlarga sehrni, Iroqda joylashgan Bobil shahridagi ikki farishta Horut va Morutga tushgan joduni oʻrgatib, kufr keltirgandilar. Aslida bu ikki farishta odamlarni sinash, imtihon qilish uchungina tushirilgandi. Ular oʻrgatishdan oldin, biz sinov va imtihonmiz, sehrni oʻrganib, kofirga aylanib qolma, deya ogohlantirardilar. Ularning nasihatini olmaganlar er bilan ayoli oʻrtasiga adovat urugʻini ekib, ularni ajratib yuboradigan joduni oʻrganardi. Ammo bu sehrgarlar Allohning izni va xohish-irodasisiz hech kimga tasir qila olmaydilar. Ular oʻzlariga foyda keltiradigan emas, zarar qiladigan ilmni oʻrganardilar. Holbuki, yahudlar Allohning kitobi evaziga sehrni almashtirib oladigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba boʻlmasligini juda yaxshi bilardilar. Oʻzlarini oʻzlari naqadar yomon narsaga sotdilar. Allohning vahiysi va shariatidek pokiza, buyuk maqomni sehrdek tuban, qabih matohga almashtirib oʻtiribdilar-a. Foyda-zararni ajrata olganlarida edi, bu qadar qabih ishga, ochiq zalolatga qadam bosmagan boʻlardilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin