Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 105)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 105

مَا يَوَدُّ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ وَلَا الْمُشْرِكِينَ أَنْ يُنَزَّلَ عَلَيْكُمْ مِنْ خَيْرٍ مِنْ رَبِّكُمْ ۗ وَاللَّهُ يَخْتَصُّ بِرَحْمَتِهِ مَنْ يَشَاءُ ۚ وَاللَّهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ 105 ١٠٥

Ahli kitob va mushriklardan bo`lgan kofirlar sizlarga Robbingizdan yaxshilik tushirilishini yoqtirmaslar. Va holbuki, Alloh O`z rahmatini kimga xohlasa, o`shanga xos qiladir. Alloh ulug` fazl egasidir. (105)

Tafsir
Ahli kitob boʻladimi, mushrik boʻladimi, kofirlar sizlarga Parvardigoringiz tarafidan ozmi, koʻpmi, biron yaxshilik nozil qilinishini istamaydilar. Alloh esa paygʻambarlik, vahiy va iymon kabi nematlarini Oʻzi istagan bandasiga ato etadi. Alloh ulugʻ fazl egasidir. Bandalaridan kimga va qanday yaxshilik yetgan boʻlsa, u Allohdandir. Paygʻambar alayhissalomning yuborilishi ham, Quronning nozil qilinishi ham Oʻsha Zotning fazlu karamidandir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin