Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ahli kitoblardan ko`plari ularga haq ravshan bo`lganidan keyin, o`zlaricha hasad qilib, sizlarni iymonli bo`lganingizdan keyin kofirlikka qaytarmoqchi bo`lurlar. Allohning amri kelguncha afv eting, kechirimli bo`ling. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir. (109)
Tafsir
Yahud va nasorolardan koʻpchiligi ichlaridagi hasadlari tufayli sizlar moʻmin boʻlganinglardan keyin yana qayta kofir boʻlishinglarni istaydilar. Ular Paygʻambar alayhissalom olib kelgan risolat Alloh tarafidan yuborilgan haq ekanini bilib turib shunday orzu qiladilar. Ey moʻminlar, to Allohning farmoni va hukmi kelguniga qadar ularning qilmishlarini, nodonliklari tufayli haddan oshayotganlarini, ichiqoraliklarini kechirib turaveringlar. Allohning farmoni va hukmi kelganda esa kofir uch ishdan birini, yani, yo musulmon boʻlish, yo jizya berish va yo jang qilishdan birini tanlashga majbur boʻladi. Alloh har ishga qodir. Ular Allohni yenga olmaslar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: