Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 199)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 199

ثُمَّ أَفِيضُوا مِنْ حَيْثُ أَفَاضَ النَّاسُ وَاسْتَغْفِرُوا اللَّهَ ۚ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 199 ١٩٩

So`ngra, odamlar qaytib tushgan joydan tushinglar. Va Allohga istig`for aytinglar. Albatta, Alloh mag`firatli, rahimli Zotdir. (199)

Tafsir
Arafotdan oldingilar, yani, johiliyatdagilar emas, Ibrohim alayhissalom davridagilar tushib kelgan tarafdan tushinglar. Allohning shariatini ado qilishdagi aybu nuqsoninglar uchun U Zotdan magʻfirat qilishini soʻranglar. Alloh bandalaridan tavba qiluvchilarini Kechirguvchi, Mehribondir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin