Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 240)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 240

وَالَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنْكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَاجًا وَصِيَّةً لِأَزْوَاجِهِمْ مَتَاعًا إِلَى الْحَوْلِ غَيْرَ إِخْرَاجٍ ۚ فَإِنْ خَرَجْنَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِي مَا فَعَلْنَ فِي أَنْفُسِهِنَّ مِنْ مَعْرُوفٍ ۗ وَاللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ 240 ٢٤٠

Sizlardan vafot etganda juftlarini qoldirayotganlar xotinlari chiqmasdan bir yilgacha foydalanishini vasiyat qilsinlar. Agar ular chiqsalar, o`z xususlarida yaxshilik bilan qilgan ishlarida sizga gunoh yo`q. Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir. (240)

Tafsir
Sizlardan vafot etganda ayollarini ortidan qoldirayotganlar ular uchun toʻla bir yilgacha uyda qolish va boshqa kerakli taminotni oʻlimidan oldin vasiyat qilib qoʻysinlar. Merosxoʻrlari majburlab ularni chiqarib yubormasinlar. Lekin agar ularning oʻzlari bir yil boʻlmasdan oldin chiqib ketsalar va oʻzlariga oro berib, pardoz-andoz qila boshlasalar, sizlarga ham, ularga ham gunoh yoʻq. Alloh har kimdan va har narsadan gʻolib aziz Zotdir, har bir tadbirini, shariatini hikmat bilan qiladigan hakim Zotdir. Jumhur mufassirlar bu oyatning hukmi yuqoridagi 234-oyat bilan nasx-bekor qilingan, deganlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin