Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 30)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 30

وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَائِكَةِ إِنِّي جَاعِلٌ فِي الْأَرْضِ خَلِيفَةً ۖ قَالُوا أَتَجْعَلُ فِيهَا مَنْ يُفْسِدُ فِيهَا وَيَسْفِكُ الدِّمَاءَ وَنَحْنُ نُسَبِّحُ بِحَمْدِكَ وَنُقَدِّسُ لَكَ ۖ قَالَ إِنِّي أَعْلَمُ مَا لَا تَعْلَمُونَ 30 ٣٠

Esla, vaqtiki Robbing farishtalarga: «Men yer yuzida xalifa qilmoqchiman», – dedi. Ular: «Unda fasod qiladigan, qon to`kadigan kimsani qilmoqchimisan? Va holbuki, biz Senga tasbih, hamd aytib va Seni ulug`lab turibmiz», – dedilar. U: «Men siz bilmaganni bilaman», – dedi. (30)

Tafsir
Alloh taolo farishtalarga, yer yuzida oʻzidan koʻpayadigan, nasl qoldiradigan va Allohga itoat qilish orqali zaminni obodonlashtiradigan insoniyatni yaratishini aytdi. Farishtalar esa bu ishning ostidagi manoni, hikmatni tushuna olmaganlaridan aniqlashtirib olish uchun, axir ular yer yuzida buzgʻunchilik qiladilar-ku, nohaq qonlar toʻkadilar-ku, Senga har qancha itoat qilish, hamd aytish, tasbeh aytish va Seni har qancha ulugʻlash boʻlsa, mana, biz turibmiz-ku, deyishdi. Shunda Alloh ularga javoban, bu ishning ostidagi men bilgan oliy hikmatlarni va buyuk gʻoyalarni sizlar bilmaysizlar, dedi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin