Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 61)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 61

وَإِذْ قُلْتُمْ يَا مُوسَىٰ لَنْ نَصْبِرَ عَلَىٰ طَعَامٍ وَاحِدٍ فَادْعُ لَنَا رَبَّكَ يُخْرِجْ لَنَا مِمَّا تُنْبِتُ الْأَرْضُ مِنْ بَقْلِهَا وَقِثَّائِهَا وَفُومِهَا وَعَدَسِهَا وَبَصَلِهَا ۖ قَالَ أَتَسْتَبْدِلُونَ الَّذِي هُوَ أَدْنَىٰ بِالَّذِي هُوَ خَيْرٌ ۚ اهْبِطُوا مِصْرًا فَإِنَّ لَكُمْ مَا سَأَلْتُمْ ۗ وَضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ الذِّلَّةُ وَالْمَسْكَنَةُ وَبَاءُوا بِغَضَبٍ مِنَ اللَّهِ ۗ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَانُوا يَكْفُرُونَ بِآيَاتِ اللَّهِ وَيَقْتُلُونَ النَّبِيِّينَ بِغَيْرِ الْحَقِّ ۗ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَوْا وَكَانُوا يَعْتَدُونَ 61 ٦١

«Ey Muso, bir xil taomga hech chiday olmaymiz, Robbingga duo qil, bizga yerda o`sadigan narsalardan — sabzavot, tarra, sarimsoq, mosh, piyoz chiqarib bersin», deganingizni eslang. U: «Yaxshi narsani past narsaga almashtirishni so`raysizlarmi? Birorta shaharga tushing, so`raganingizni albatta topasiz», dedi. Ularga xorlik va miskinlik yozildi va Allohning g`azabiga loyiq bo`ldilar. Bu, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, Nabiylarni nohaq qatl etganlari uchundir. Bu, isyonga ketganlari va haddan oshganlari uchundir. (61)

Tafsir
Eslanglar! Parvardigoringizning nematiga nonkoʻrlik qilib, Alloh nozil qilgan bedana va shirinliklarni yeyishdan malollanib: "Doim bir xil taom boʻlsa, hech oʻzgarmasa, unga qanoat qila olmaymiz" deb, Muso alayhisslomdan sizlarga yerda unib-oʻsadigan sabzavotlardan; bodring, sarimsoq, mosh, piyozga oʻxshagan oʻsimliklardan chiqarib berishini soʻrab Allohga duo qilishini talab qildinglar. Shunda Muso alayhissalom bu talabinglarni rad etib: "Mehnat va mashaqqatsiz, oʻz-oʻzidan kelib turgan bedana va shirinliklardek yaxshi narsani arzimas past narsaga almashtirmoqchi boʻlyapsizlarmi, marhamat, bu yerdan tushinglar-da, anavi qishloqqa boringlar, oʻsha yerdagi ekinzorlar va bozorlarda tilagan narsalaringizni topasizlar", degandi. Ular havoyi nafslariga ergashib, Alloh ixtiyor etgan narsadan takror-takror yuz oʻgiraverganlari tufayli xorlik, kambagʻallik, baxtsizlik girdobiga gʻarq boʻldilar. Dinidan yuz oʻgirib, oyatlariga kufr keltirib, paygʻambarlarini zulmu tajovuzkorlik bilan oʻldirganlari sababli Allohning gʻazabiga yoʻliqdilar. Bularning hammasi Allohga osiylik qilish, Alloh belgilab qoʻygan chegaradan oshish oqibati boʻldi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin