Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 63)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 63

وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَاقَكُمْ وَرَفَعْنَا فَوْقَكُمُ الطُّورَ خُذُوا مَا آتَيْنَاكُمْ بِقُوَّةٍ وَاذْكُرُوا مَا فِيهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ 63 ٦٣

Ahdu paymonlaringizni olganimizni va ustingizga Turni ko`targanimizni, «Biz sizga bergan narsani quvvat bilan oling va undagi narsani eslang, shoyadki, taqvodor bo`lsangiz», (deganimizni) eslang. (63)

Tafsir
Sizdan Allohga va paygʻambarlariga iymon keltirish haqida ahdu paymon olganimizni hamda ahdga vafo qilmaslik oqibati yomon boʻlishidan ogohlantirish uchun ustingizga Tur togʻini koʻtarib qoʻyganimizni va sizlarga nozil qilganimiz Tavrotni dangasalik, loqaydlik qilmasdan, qattiq, jiddu jahd bilan ushlashga va undagi gaplarni yodlab, tadabbur qilishga buyurganimizni eslang. Shoyad shundan keyin Allohning azobidan qoʻrqadigan boʻlib qolsangiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin