Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Undan oldin hech bir kitobni tilovat qilmas eding va qo`ling bilan xat yozmas eding. Agar shunday bo`lganida, botil ahllari shubhaga tushgan bo`lur edilar. (48)
Tafsir
Ey Paygʻambar, Qurondan oldin biron kitobni oʻqimas edingiz va qoʻlingiz bilan biron narsani yozmas edingiz. Chunki siz oʻqishni ham, yozishni ham bilmaydigan bir omi odamsiz. Agar oʻqigan, yozgan boʻlganingizda bilmaydigan nodon kimsalar paygʻambarligingizga shubha bilan qarab, sizni oldingi kitoblardan koʻchiryapti, deb oʻylagan boʻlar edilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: