Sura Al-Baqarah (Sigir — البقرة) (Oyat 80)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




2 Al-Baqarah(البقرة), Oyat 80

وَقَالُوا لَنْ تَمَسَّنَا النَّارُ إِلَّا أَيَّامًا مَعْدُودَةً ۚ قُلْ أَتَّخَذْتُمْ عِنْدَ اللَّهِ عَهْدًا فَلَنْ يُخْلِفَ اللَّهُ عَهْدَهُ ۖ أَمْ تَقُولُونَ عَلَى اللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ 80 ٨٠

Va ular: «Bizga (do`zax) o`ti hech tegmas, tegsa ham sanoqli kunlargina tegadir», – dedilar. Sen: «Allohdan ahd oldingizmi? Zotan, Alloh ahdiga hech xilof qilmas. Yoki Allohning nomidan bilmagan narsangizni gapiryapsizmi?» – deb ayt. (80)

Tafsir
Ular aldoqchilik bilan, bizga doʻzax oʻti tegmaydi, doʻzaxga kirsak ham u yerda oz kunlargina qolamiz, deyishadi. Bu ishga Allohdan ahdu paymon olganmidinglar (shunday boʻlsa, Alloh ahdini buzmaydi) yoki Allohga tuhmat qilib, bilmagan narsalaringizni valdirayapsizmi?

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin