Sura Al-Anbiya (Payg‘ambarlar — الأنبياء) (Oyat 90)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




21 Al-Anbiya(الأنبياء), Oyat 90

فَاسْتَجَبْنَا لَهُ وَوَهَبْنَا لَهُ يَحْيَىٰ وَأَصْلَحْنَا لَهُ زَوْجَهُ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا يُسَارِعُونَ فِي الْخَيْرَاتِ وَيَدْعُونَنَا رَغَبًا وَرَهَبًا ۖ وَكَانُوا لَنَا خَاشِعِينَ 90 ٩٠

Bas, Biz uni (duosini) ijobat etdik va unga Yahyoni hadya qildik hamda juftini o`nglab qo`ydik. Albatta, ular yaxshiliklarga shoshilishar edi va Bizga rag`bat ila va qo`rqib duo qilishar edi. Ular Bizga ta'zim ila bo`yinsunuvchi edilar. (90)

Tafsir
Uning duosini ijobat aylab, unga bir farzandni - Yahyoni ato etdik. Tugʻmas ayoliga shifo berdik va u farzand koʻrdi. Zakariyo ham, uning ayoli ham, oʻgʻli ham ezgu ishlarga oshiqadigan, Bizning savobimizni umid qilib, duo qiladigan, azobimizdan qoʻrqadigan, doim Bizga iltijo etadigan solih bandalar boʻldilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin