Sura Anbiyo (Payg‘ambarlar — الأنبياء) (Oyat 97)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




21 Anbiyo(الأنبياء), Oyat 97

وَاقْتَرَبَ الْوَعْدُ الْحَقُّ فَإِذَا هِيَ شَاخِصَةٌ أَبْصَارُ الَّذِينَ كَفَرُوا يَا وَيْلَنَا قَدْ كُنَّا فِي غَفْلَةٍ مِنْ هَٰذَا بَلْ كُنَّا ظَالِمِينَ 97 ٩٧

Va haq va'da yaqinlashgandagi holni ko`rsang, kufr keltirganlarning ko`zlari chaqchayib: «Holimizga voy! Bizlar bundan g`aflatda edik. Yo`q! Bizlar zulm qilguvchilar edik», derlar. (97)

Tafsir
Qiyomat yaqinlashib, uning qoʻrqinchlari, dahshatlari koʻringach, kofirlarning koʻzlari qotib qolib: "Ey voh, xarob boʻldik, biz u dunyoda beparvo oʻynab-kulib yuraveribmiz, bu kun uchun tayyorgarlik qilmabmiz, yana ham toʻgʻrirogʻi, kufru isyon bilan oʻzimizga oʻzimiz jabr qilibmiz", deb qoladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin