Sura Al-Hajj (Haj — الحج) (Oyat 71)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




22 Al-Hajj(الحج), Oyat 71

وَيَعْبُدُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِ سُلْطَانًا وَمَا لَيْسَ لَهُمْ بِهِ عِلْمٌ ۗ وَمَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ نَصِيرٍ 71 ٧١

Ular Allohni qo`yib, U zot u haqida biron hujjat tushirmagan, o`zlarida u haqda ilm bo`lmagan narsaga ibodat qilurlar. Zolimlarga hech bir nusrat berguvchi yo`qdir. (71)

Tafsir
Mushriklar Allohni qoʻyib, butlarga ibodat qiladilar. Holbuki, ularga ibodat qilish haqida Alloh tarafidan biron hujjat nozil boʻlmagan. Oʻzlarida ham bu haqda hech qanday bilim, hech qanday dalil yoʻq. Yagona suyangan "dalillari" ota-bobolariga koʻr-koʻrona taqlid qilish, xolos. Zolimlarga ularni Allohning azobidan qutqarib qoladigan biron himoyachi boʻlmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin