Sura An-Naml (Chumolilar — النمل) (Oyat 64)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




27 An-Naml(النمل), Oyat 64

أَمَّنْ يَبْدَأُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ وَمَنْ يَرْزُقُكُمْ مِنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ ۗ أَإِلَٰهٌ مَعَ اللَّهِ ۚ قُلْ هَاتُوا بُرْهَانَكُمْ إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ 64 ٦٤

Yoki avval boshdan yaratadigan, so`ngra yana qaytadan yaratadigan va sizlarni osmonlaru yerdan rizqlantiradigan Zot yaxshimi? Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! «Agar rostgo`y bo`lsangiz, hujjatingizni keltiring», degin. (64)

Tafsir
Yoki dastlab bachadonlarda bir tomchi suvdan bosqichma-bosqich bir insonni vujudga keltirgan, keyin uning jonini olgan, undan soʻng esa uni yana qayta tiriltirgan Zotmi? Sizlarga osmondan yomgʻir yogʻdirib, yerdan esa turli xil oʻsimliklarni undirib rizq beradigan kim? Bu ishni Alloh bilan birga boshqa biron mabud ham qiladimi? Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Agar sizlar chindan ham oʻzingizni haq deb bilsangiz, qilayotgan ishingizga hujjat keltiringlar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin